O‘zDJTU talaba qizlari futbol musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Talabalar ligasi doirasida futbol sport turi bo‘yicha tashkil etilgan sport musobaqasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba qizlar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Musobaqaning guruh bosqichlarida talaba qizlarimiz jamoasi yuqori jismoniy tayyorgarlik, jamoaviylik va irodaviy sifatlarini namoyon etib, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Mazkur yutuq munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan talaba qizlarimiz bilan ochiq muloqot tarzida suhbat o‘tkazildi. Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov jamoa a’zolari bilan mashg‘ulot jarayonida bevosita ishtirok etdi, ularning tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi va navbatdagi o‘yinlarda omad tiladi.

 

 

Shuningdek, Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchilari hamda mas’ul mutasaddilar tomonidan talaba qizlarga zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi, musobaqaning keyingi bosqichlariga tayyorgarlik yuzasidan muhim topshiriqlar belgilab olindi.

Universitet jamoasi qizlarimizga keyingi bahslarda ham omad va zafarlar tilaydi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube