O‘ZDJTU TALABALARI MO‘YNOQDA: EKOLOGIK AKSIYA BOSHLANDI

2026-yil 1–5-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol dengiziga poyezd” keng ko‘lamli yoshlar ekologik aksiyasi start oldi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ko‘magida tashkil etilgan.

Ushbu ekologik aksiyada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari va rasmiy vakillari qatorida Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi o‘qituvchisi Muxammadiyev Jasur ham faol ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar Nukus shahriga yetib kelib, bugundan boshlab aksiya doirasidagi tadbirlarga kirishdilar. Ayni vaqtda ular Mo‘ynoq hududida bo‘lib, ekologik tashabbuslarda faol qatnashmoqda.

 Mazkur loyiha yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga e’tiborni kuchaytirish hamda Orolbo‘yi hududining dolzarb muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratishga yo‘naltirilgan.

Bugun, 2-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab Qoraqalpoq davlat universiteti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida sumalak sayli, sport musobaqalari (arqon tortish, futbol, shaxmat, shashka), ko‘rgazmalar, QVZ, Zakovat, kurash hamda gala-konsert dasturlari o‘tkazilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube