O‘zDJTU va Gamburg universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
21-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov Germaniyaning Gamburg universiteti professori, Fanlararo tadqiqot dasturlari markazi rahbari Telse Ivers hamda Erasmus+ dasturi koordinatori Dilbar Ernazarovani qabul qildi.
Uchrashuvda universitetimiz faoliyati, xalqaro reytinglardagi o‘rni, nemis tili o‘qitilishi holati hamda ilmiy va akademik hamkorlik yo‘nalishlarida takliflar ilgari surildi.
Uchrashuvda shuningdek, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L. Xoliyarov va Nemis tili kafedrasi mudiri I. Ziyodullayevlar ishtirok etdi.
Professor Ivers Gamburg universitetining faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro reytinglardagi o‘rni va til siyosati haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, universitetda 47 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, ta’limning aksariyat yo‘nalishlari nemis tilida olib boriladi.
Tomonlar Erasmus+ va Dayko loyihalari doirasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalar ustida ishlash hamda hamkorlikning huquqiy asosini belgilovchi Memorandum imzolashga kelishib oldilar.