O‘zDJTU va Kangwon milliy iniversiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zDJTU va Kangwon milliy iniversiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2026-yil 21-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreyaning Kangwon milliy universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha koordinatori Lee Minhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zDJTU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Rashidova ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida “Koreys tili + global biznes” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2+2 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, franchayzing asosida turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dasturlarni tashkil etishning tashkiliy va moliyaviy shartlari, talabalar uchun akademik mobillik va yozgi maktab dasturlarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida Koreya talabalarini O‘zDJTUga jalb qilish, ular uchun ta’lim va akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari belgilab olindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube