O‘zDJTU va “SBH West GmbH” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) va “SBH West GmbH” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni O‘zDJTU nomidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov, kompaniya nomidan esa O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alimov Kodir Kabulovich imzoladi.

Imzolash marosimi universitetning registrator ofisi tomonidan tashkil etildi.

Ushbu hujjat doirasida tomonlar:

• birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash,
• ma’lumot almashish va maslahatlashuvlar o‘tkazish,
• ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar va seminarlar tashkil etish,
• talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini yaratish,
• innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va joriy etish,
• boshqa o‘zaro manfaatli hamkorlik turlarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Memorandum bir yillik muddatga tuzilgan bo‘lib, taraflar tomonidan qo‘shimcha dasturlar, bepul ma’ruzalar va ekskursiyalar kabi faoliyatlar ham amalga oshirilishi mumkin.

Tomonlar memorandumni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishni, ma’lumotlarni maxfiy saqlashni va har bir tomon o‘z xarajatlarini mustaqil qoplashini ta’kidladi.

Memorandum imzolash marosimi ikki tomon uchun ham barqaror va samarali hamkorlikni rivojlantirish, hamda oliy ta’lim va innovatsion loyihalarda birgalikda ishlashga asos yaratdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube