O‘zDJTU va sport muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi

 

2025-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda qator sport muassasalari o‘rtasida hamkorlik va birgalikda faoliyat yuritish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

 

Tadbir O‘zDJTUda bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda sport maktablari va markaz rahbarlari ishtirok etdilar. 

 

Hamkorlik memorandumi quyidagi muassasalar bilan tuzildi:

 

Toshkent shahar Uchtepa tumani 1-son sport maktabi
Toshkent shahar Uchtepa tumani 2-son sport maktabi
Toshkent shahar Chilonzor tumani sport maktabi (ikkita alohida kelishuv)
Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi

 

 

Ushbu hujjatlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport va ta’limni uyg‘unlashtirish, hamkorlikda madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, talabalarga amaliyot o‘tash va ko‘ngillilik faoliyatida qatnashish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

 

 

Xususan, Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan tuzilgan memorandum sport sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar, malaka oshirish kurslari, qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

 

Tadbir davomida rektor Ilxomjon Tuxtasinov hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtalib, bu tashabbuslar yoshlarni sog‘lom va har tomonlama yetuk etib tarbiyalashda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube