OʻzDJTU vakillarining TESOL Dubai–2026 konferensiyasidagi ishtiroki
OʻzDJTU vakillari — Alimardonova Malika Botir qizi, Kuandikova Asem Bekseitovna, Elmuradova Gulrux Karimaliyevna, Muxtashamova Parvina Zaxitovna, Eshankulova Lola Sayfullayevna, Kuldasheva Malika Muratovna hamda Xudoyqulova Xusnora Odiljon qizi — Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtayotgan “Enhancing ELT: Empowering Learners in an AI Inclusive Era” mavzusidagi 30-Xalqaro TESOL konferensiyasida oʻz ilmiy taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiya doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan tajriba almashildi, zamonaviy metodik yondashuvlar muhokama qilindi hamda kelgusida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

Ushbu ishtirok universitetimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube