O‘zDJTU xodimlaridan mehr va e’tibor aks etgan tashrif

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ–167-sonli qarorining 11(3)-bandiga muvofiq, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalarni ma’naviy-ruhiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida volontyorlik faoliyatini kuchaytirish belgilangan.

 

Mazkur vazifa ijrosi doirasida bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili filologiyasi fakulteti jamoasi tomonidan navbatdagi insonparvarlik tashabbusi amalga oshirildi.

 Fakultet xodimlari Uchtepa tumanidagi “Bekobod” mahallasida istiqomat qiluvchi, 1933-yilda tug‘ilgan Qobilova Mastura (manzil: Bekobod 1-tor ko‘chasi, 11-uy) xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar.

 

 Tashrif davomida mehr va e’tibor ko‘rsatilib, ehtiyojmand fuqaro uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari yordam sifatida topshirildi.

 

 Ushbu tashrif fakultet jamoasining ijtimoiy mas’uliyati, insoniylik va mehr-muruvvat kabi yuksak qadriyatlarni chuqur his etib, amalda namoyon etayotganidan dalolatdir.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube