O‘zDJTUda Barselona va Lleida universitetlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 4-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ispaniyaning Barselona va Lyeda universitetlari delegatsiyasi tashrif buyurdi.

 

 

Mehmonlar orasidan Barselona universitetidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Raul Ramos Labo, Iqtisod va biznes fakulteti dekani Ramon Xose Alemani, Lyeda universitetidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Entoni Granolyers Saltiveri, Huquqshunoslik, iqtisod va turizm fakulteti dekani Eduardo Markos Kristobal Fransi, huquqshunoslik bo‘yicha professor Adorisián Maria Padial Albas xonim va biznes boshqaruvi bo‘yicha professor Natalia Daries Ramon xonim oʻrin egalladi. 

 

 

Shuningdek, uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi mas’ul xodimi Shohruh Nazarov hamda Urganchdagi Ranch texnologiyalar universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Davron Ruzmetov ishtirok etdi.

Delegatsiya vakillarini kutib olish marosimida maxsus tadbir tashkil etilib, unda oʻzbek va ispancha milliy chiqishlar namoyish etildi. Milliy musiqa, an’anaviy “Andijon polkasi” raqslari, shuningdek, ispan milliy raqsi va qo‘shiqlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube