O‘zDJTUda bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi

18-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” yo‘nalishi, ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur himoya jarayonini universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Ch. Chutpulatov ochib berdi hamda o‘z nutqida bunday ilmiy-amaliy ishlar tinglovchilarning kasbiy rivojlanishida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan har bir ish chuqur tahlil qilinib, ilmiy yondashuvi, metodik asoslari, yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi. Himoya jarayoni ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib, savol-javoblar orqali tinglovchilarning bilim va kompetensiyalari sinovdan o‘tkazildi.

Tadbir yakunida tinglovchilarning aksariyati bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, yuqori natijalarni qayd etdilar. Ushbu jarayon ularning kelgusidagi pedagogik faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va kasbiy kompetensiyalarini yanada mustahkamlashida muhim bosqich bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube