O‘zDJTUda futbol sport turi bo‘yicha sport o‘yinlaridan fotolavha

O‘zDJTUda futbol sport turi bo‘yicha sport o‘yinlaridan fotolavha

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Sport kuni” doirasida futbol sport turi bo‘yicha sport o‘yinlari tashkil etildi.

Unda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar jamoalari o‘zaro bellashib, yuqori kayfiyat va sog‘lom raqobat muhitida o‘yinlarda ishtirok etdilar. O‘yinlar davomida jamoaviy ruh, hamjihatlik va sportga bo‘lgan qiziqish yana-da yaqqol namoyon bo‘ldi.

Mazkur sport tadbiri universitetda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube