2025-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hayotida yana bir quvonchli daqiqa bo‘ldi. Ingliz filologiyasi va Sharq filologiyasi fakultetlariga qabul qilingan 1-kurs talabalarini kutib olish marosimlari o‘tkazildi.
Tadbirni universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov ochib berib, yangi bosqichga qadam qo‘ygan talabalarni samimiy tabrikladi. Marosim davomida Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Yusufjon Azzamov va Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev ham nutq so‘zlab, talabalarni bilim olish jarayonida faol bo‘lishga chorladilar.
Ustozlar, ota-onalar va talabalar ishtirokidagi uchrashuv iliq ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zining kelajakdagi orzu-maqsadlari haqida fikr almashish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunida esa fakultetlarga eng yuqori ball bilan qabul qilingan talabalar faxriy sertifikatlar bilan taqdirlandi. Ularning ota-onalariga esa universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik maktublari topshirildi.
Ma’lumot uchun:
• Ingliz filologiyasi fakultetiga — 406 nafar talaba;
• Sharq filologiyasi fakultetiga — kunduzgi shakl bo‘yicha 374 nafar, kechki shakl bo‘yicha 273 nafar talaba qabul qilindi.