O‘zDJTUda juma — sport kuni
2026-yil 7-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan edi. Ushbu tashabbus asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida haftaning juma kuni sport kuni etib belgilandi.
Shu munosabat bilan kun davomida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazildi. Futbol, voleybol va tennis bellashuvlari yuqori kayfiyatda tashkil etildi.
Sport mashg‘ulotlari kunning kechki qismida ham davom etdi. Professor-o‘qituvchilar va xodimlardan iborat jamoalar o‘rtasida futbol uchrashuvi tashkil etilib, unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham faol ishtirok etdi. Rektorning maydonga tushib, jamoalar bilan bir safda o‘ynagani tadbirga yanada jonli muhit bag‘ishladi.
Bunday sport tadbirlari jamoada hamjihatlikni mustahkamlab, sog‘lom va faol turmush tarzini kundalik hayotda keng qaror toptirmoqda.