O‘zDJTUda medialingvistika va sun’iy idrok masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasida “Medialingvistik tadqiqotlarda sun’iy idrok: ijobiy va salbiy jihatlar” mavzusida professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningni Polshaning Silesiya universiteti professorlari Jolanta Lubocha-Kruglik va Oksana Małysa olib bordi.
Tadbir yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida to‘rt yildan buyon davom etib kelayotgan hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va doktorantlarning Silesiya universitetida malaka oshirishini tashkil etish, qo‘shma monografiyalar tayyorlash hamda xalqaro ilmiy anjumanlarni hamkorlikda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
2026-06-10 12-17