2025-yil 10-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor I.Tuxtasinov rahbarligida navbatdan tashqari apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dasturda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- yangi lavozimga tayinlangan xodimlar bilan tanishish;
- bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish;
- ta’lim va tarbiya jarayonlarida “Kelajak soatlari”ni tashkil etish;
- oliy va umumta’lim tizimida uzluksizlikni ta’minlash;
- kasbiy ta’limni rivojlantirish, jurnalistika va huquq yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar;
- kredit-modul tizimini takomillashtirish;
- yoshlar bandligini ta’minlash va dual ta’lim tizimini joriy etish;
- ilg‘or muhandislik maktabi hamda 7-sinfdan kasbga yo‘naltirish tajribasini yo‘lga qo‘yish;
- raqamlashtirish va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish.
Shuningdek, Xitoy tajribasini keng joriy qilish va noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Xitoy–O‘zbekiston forumiga tayyorgarlik masalalari ham muhokama etildi.
Yig‘ilish davomida Ta’lim sifati agentligi, Kasbiy ta’lim agentligi hamda universitet prorektorlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar taqdim etdilar. Xususan, Pedagog xodimlar faoliyatini samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash mezonlari taqdim etildi.
Yakunda rektor I.Tuxtasinov ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.