O‘zDJTUda “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahoratini rivojlantirish yo‘llari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zDJTUda “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahoratini rivojlantirish yo‘llari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

2026-yil 30-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Y. Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berib, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar uchun bunday seminarlarning ahamiyati, ularning kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Seminar “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahoratini rivojlantirish yo‘llari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda “Profi University” Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Karimova Gavhar Qudratilla qizi ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida pedagogning zamonaviy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni samarali qo‘llash, pedagogik mahoratni oshirishning dolzarb yo‘nalishlari hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi omillar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar hamda mavzu yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.

 
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube