O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

14-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida Saidov Ravshan Tursunovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Filolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini ingliz tilidagi badiiy matnlar asosida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayoni oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, ilmiy rahbar, rasmiy opponentlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Himoya davomida tadqiqotchining ilmiy izlanishlari, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-nazariy qarashlar hamda filolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Dissertatsiya yuzasidan rasmiy opponentlar tomonidan tegishli xulosa va tavsiyalar bildirildi.

Ilmiy kengash majlisi davomida dissertatsiya ishi yuzasidan savol-javob va muhokamalar o‘tkazilib, tadqiqot natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube