O‘zDJTUda pokistonlik professorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoratida pokistonlik yetuk olimlar bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Pokiston tomonidan Pokiston Fanlar akademiyasining bioxilma-xillik va bioenergetika bo‘yicha akademigi Mushtaq Ahmad hamda Islomobod shahridagi Quaid-i-Azam universiteti bioxilma-xillik va ekologiya bo‘yicha professori Shazia Sultana ishtirok etdi. O‘zDJTU tomonidan esa rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev, Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi mudiri X. Xushvaqtova hamda mazkur kafedra professori D. Yo‘rmatova qatnashdi.

 

 

Uchrashuv davomida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, nufuzli indekslangan ilmiy jurnallarda hammualliflikda maqolalar chop etish, o‘simliklarning yangi navlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish, ekologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan anjuman, seminar va treninglar tashkil etish hamda ularda faol ishtirok etish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube