O‘zDJTUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

O‘zDJTUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat qildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularning ta’lim jarayonidagi faolligi, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad va rejalari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet hayoti, ta’lim sifati, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.

 



Rektor Ilxomjon Tuxtasinov yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy dunyoqarashi va tashabbuskorligini alohida e’tirof etib, bugungi kunda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni doimiy izlanish, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsion fikrlash va kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.

Uchrashuv davomida faol va iqtidorli talabalarning takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun nafaqat rahbariyat bilan ochiq muloqot qilish, balki o‘z salohiyatini namoyon etish, tashabbuslarini ilgari surish va kelajakka ishonch bilan qadam tashlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

 


 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube