O‘zDJTUda xalqaro ekspert ishtirokida seminar-trening tashkil etildi
2026-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oksford va Kembrij universitetlarining ilmiy darajalariga ega, xalqaro miqyosda tan olingan pedagog va ma’ruzachi Christopher Korten ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida mehmon ma’ruzachi Ingliz tili 1-fakulteti Amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi hamda “Back to Basics: Fundamentals of the Teaching Profession” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.
Trening davomida Adam Misciewisz Yevropa universitetlarida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik tajribalar va samarali yondashuvlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llash, xalqaro talabalar bilan ishlash tajribasi hamda zamonaviy ta’lim muhitida pedagogning o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur seminar-trening professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
2026-06-04 12-16