O‘zDJTUda Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektoratida Xitoyning Tang International Education Group hamda Tang International Education and Technology kompaniyalari vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Xitoy tomonidan kompaniya prezidentlari Li Jinsong va Qian Xiang, shuningdek, operatsiyalar va hamkorlik bo‘yicha menejer Qing Lifen hamda biznes bo‘yicha direktor Wang Minyan ishtirok etdi.
O‘zDJTU tomonidan esa rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, xalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi mutaxassisi D. Xodjabekova, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraev hamda Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Sh. Hakimova qatnashdi.
Uchrashuv davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, universitetda kasbiy ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, xitoy tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.