O‘ZDJTUDA XITOY UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

O‘ZDJTUDA XITOY UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

17-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xitoy siyosiy fanlar va huquqshunoslik universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zDJTUning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Xitoy siyosiy fanlar va huquqshunoslik universiteti vakillari ishtirok etdi.

 



Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, 2+2, 1+1 va 3+3 formatlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zDJTUda Xitoy siyosiy fanlar va huquqshunoslik universiteti markazini tashkil etish, xitoy tilini o‘qitishni rivojlantirish, talabalar uchun Xitoyda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qisqa muddatli ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 



Uchrashuvda ta’lim bilan bir qatorda yangi energetika, elektroenergetika, sun’iy intellekt, axborot va elektron texnologiyalar hamda konchilik muhandisligi kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube