O‘zDJTUda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘zdan kechirildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan hududida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida o‘quv binolarining ta’miri, xonalar jihozlanishi, talabalarga qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, hududdagi talabalar turar joyida olib borilayotgan ta’mirlash jarayonlari ham ko‘zdan kechirilib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Rektor tomonidan tayyorgarlik jarayonlari yuqori baholanib, yangi o‘quv yilini samarali boshlash uchun qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.