O‘zDJTUda “Zamonaviy ekologik siyosat: milliy tajribadan global yechimgacha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Anjuman universitetning “Siyosiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda ekologik muammolarga qarshi kurashishda milliy va xalqaro tajribalar, innovatsion yondashuvlar, barqaror rivojlanish tamoyillari hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari keng qamrovda tahlil qilindi. Tadbirda ilmiy-tadqiqotchilar, shuningdek xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va sotsiologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Ular o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etib, zamonaviy ekologik siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

 

 

Anjuman davomida ekologik savodxonlikni oshirish, atrof-muhit muhofazasida yoshlarning ishtirokini kuchaytirish, va ekologik tafakkurni shakllantirish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talaba va mutaxassislar sertifikatlar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman zamonaviy ekologik siyosat bo‘yicha ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh avlodning ekologik masalalarga nisbatan ongli munosabatini shakllantirish, hamda global muammolarga milliy yechimlar taklif etish yo‘lida muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube