PARKENT TUMANIDAGI 20-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI OÇILDI

PARKENT TUMANIDAGI 20-MAKTABDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI OÇILDI
 

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan yoşlarning xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning bilim va könikmalarini mustahkamlaş hamda taʼlim jarayoniga zamonaviy öqitiş usullarini tatbiq etiş maqsadida «Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan» şiori ostidagi taşabbuslar izçil davom ettirilmoqda.

22-oktabr kuni mazkur taşabbus doirasida Parkent tumanidagi 20-maktabda Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazi tantanali ravişda oçildi.

Tadbirda ÖzDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boşçiligidagi universitet vakillari, 20-maktab direktori Lola Agzamova Adhamboyevna hamda maktab jamoasi iştirok etdi.

 



Oçiliş marosimida ÖzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov sözga çiqib, xorijiy tillarni puxta egallaşning yoşlar uçun yangi taʼlim va kasbiy imkoniyatlar eşigini oçişdagi ahamiyatini taʼkidladi. Şuningdek, maktab öquvçilarining til örganiş salohiyatini rivojlantiriş, ularning amaliy muloqot könikmalarini şakllantiriş va taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Marosim davomida mehmonlar ramziy lentani kesib, maktabda taşkil etilgan, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan öquv xonasi bilan tanişdilar. Şundan söng universitet va maktabdan jalb etilgan volontyorlar bilan uçraşuv taşkil etildi. Volontyorlar özlarini taniştirib, xorijiy tillarni örgatişda foydalaniladigan öquv rejalari va innovatsion metodikalar haqida maʼlumot berdilar.

Öquvçilarning bilim oliş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş maqsadida universitet tomonidan maktabga xalqaro öquv adabiyotlari, işçi daftarlar va zamonaviy öquv qöllanmalaridan iborat kitoblar töplami sovğa qilindi. Uşbu adabiyotlar öquvçilarning mustaqil taʼlim olişi, bilimlarini boyitişi va xorijiy tillarni çuqur özlaştirişiga kömaklaşadi.

 



Parkent tumanidagi 20-maktabda yangi markazning oçilişi öquvçilar uçun xorijiy tillarni örganişga oid qöşimça imkoniyatlarni yaratiş, zamonaviy taʼlim usullarini keng joriy etiş hamda yoşlarning kelajakdagi yutuqlari uçun mustahkam poydevor yaratişga qaratilgan muhim taşabbuslardan biri böldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube