PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 17-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Fozilov Mirvoxid Mirsultonovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “E.S. Tompson asarlari tarjimalarida zoonimlarning verbalizatsiyalashuvi (ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi materiallar asosida)” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash majlisida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, dissertatsiya ishining ilmiy rahbari va rasmiy opponentlar ishtirok etdi.

Himoya jarayoni oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Unda dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda tadqiqotchi tomonidan ishning asosiy natijalari va xulosalari taqdim etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube