Polo sport turi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Polo federatsiyasi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida bugun universitetda ushbu sport turiga qiziqadigan talaba-yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan polo sportining o‘yin shartlari, asosiy qonun-qoidalari hamda uning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Ishtirokchilar sport turining nazariy va amaliy tomonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Seminar-treningda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda sport turi mutaxassislari ishtirok etdi. Rektor o‘z so‘zida sportga qiziqadigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ushbu yo‘nalishda muntazam shug‘ullanish muhimligini ta’kidladi hamda talabalarga zarur tavsiyalar berdi.