“PORTUGAL TILI VA BRAZILIYA MADANIYATI MARKAZI” OÇILIŞIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Braziliyaning Kampinas universiteti delegatsiyasi vakillari iştirokida “Portugal tili va Braziliya madaniyati markazi”ning oçilişiga bağişlangan tadbir taşkil etildi.

Unda ÖzDJTU xalqaro hamkorlik masalalari böyiça prorektori Abdurahim Nosirov, Xalqaro aloqalar bölimi boşliği Husan Yuldaşev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani Adilbek Xalillayev, ispan filologiyasi kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova, loyiha koordinatori, professor Dilrabo Baxronova, kafedra öqituvçilari hamda talabalar iştirok etdilar.
Tadbirda Kampinas universitetining xalqaro işlar böyiça prorektori ham nutq sözlab, ikki universitet örtasidagi hamkorlik ikki mamlakat xalqlari örtasidagi döstlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini taʼkidladi. Şuningdek, kelgusida Braziliyada özbek tili va madaniyati markazini oçiş taşabbusini amalga oşiriş maqsadga muvofiqligini bildirdi.

Tadbir universitet Maʼnaviyat faollar zalida özbek va braziliya milliy raqs-kuylariga ulanib, ikki xalqning boy madaniyati va sanʼatini namoyon etdi.