PORTUGALIYANING OLIY TA’LIMNI BAHOLASH VA AKKREDITATSIYALASH AGENTLIGI DELEGATSIYASI O‘ZDJTUDA
Bugun, 16-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Portugaliyaning Oliy ta’limni baholash va akkreditatsiyalash agentligi (A3ES) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda A3ES Boshqaruv kengashi raisi João de Deus Santos Sàágua, A3ES Bosh kotibi Raquel Santos, A3ES sifatni ta’minlash bo‘yicha konsultanti Luís Gouveia hamda agentlik Bosh inspektori Asqar Narimonov ishtirok etdi.
O‘zDJTU tomonidan uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i L. Zaripov hamda Tarjimonlik fakulteti professori G‘. Rahimov qatnashdi.
Muloqot davomida O‘zDJTU ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishning tashkiliy va moliyaviy jihatlari, akkreditatsiya jarayonlari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar oliy ta’lim sifatini ta’minlash, xalqaro akkreditatsiya talablarini ta’lim jarayonlariga tatbiq etish va hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.