24-may kuni Quvnoqlar va zukkolar ko'rik-tanlovining "Toshkent shahar hokim kubogi" bellashuvi bo'lib o'tdi.

Unda O'zDJTU nomidan ''Bolalar" jamoasi ishtirok etdi.
Tanlov yakunida Bolalar jamoasi 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun:
1-o'rin Toshkent davlat agrar universiteti "Yangi yulduzlar"jamoasi 2-o'rin O`zDJTU "Bolalar" jamoasi 3-o'rin Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Atom" jamoasi qo'lga kiritdi.

"Bolalar" jamoasining 2-o'rinni qo'lga kiritishi ularning tayyorgarligi va ijodkorligini ko'rsatib berdi. Jamoaning har bir a'zosi katta mehnat va sa'y-harakat bilan musobaqaga tayyorlanib, ajoyib chiqishlar qildilar.

Mazkur musobaqada g'olib bo'lgan jamoalarni tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga katta zafarlar tilab qolamiz!

2024-05-27 12-55

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi