“Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari Fransiyada malaka oshirib qaytdi
OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva “Ayol rahbarlar: rahbarlik salohiyati va ish joyida tenglik” xalqaro o‘quv dasturida Fransiyada malaka oshirib qaytdi.
Dastur davomida G.Ergasheva rahbarlik salohiyatini rivojlantirish, gender tenglikni ilgari surish hamda innovatsion kadrlar boshqaruvi bo‘yicha chuqur ilmiy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldi. Olingan tajribalar asosida OʻzDJTUdagi istiqboldagi ilmiy loyihalarni samarali tatbiq etish rejalashtirgan.

Shuningdek, mazkur xalqaro tajriba G. Ergashevaning kelgusidagi strategik faoliyati uchun muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi. Xususan, u Oʻzbekistonda rahbar ayollar salohiyatini kengaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tashabbuslarni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Jumladan:
-ayol rahbarlarning boshqaruv malakalarini yangi bosqichga olib chiqish tamoyillarini shakllantirish;
-korporativ yetakchilikda tenglik tamoyillarini mustahkamlash;
-ayol rahbarlar uchun mentorlik va treninglik tizimini shakllantirish;
-xalqaro ilg‘or amaliyotlarni Oʻzbekiston sharoitida tatbiq etish kabi tashabbuslar amalga oshirilishi maqsad qilingan.