Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalarni yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari, ularning yashash sharoitlari hamda TTJlarda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida talabalar turar joylarida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, TTJlarda yaratilgan imkoniyatlar va mavjud takliflar yuzasidan suhbat olib borildi. Shuningdek, tikuvchilikka qiziqadigan qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida TTJlardagi qizlar foydalanishi uchun ikkitadan yangi zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi.
Mazkur uchrashuv universitetda “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida tashkil etildi.
2026-05-25 02-34