28-mart kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Toshkent shahridagi Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti rahbari filiali Siyadullayev Mahmudjon and direktor o'rinbosari Artyom Sergeevichni qabul qildi. 

Tomonlar rus, ingliz, xitoy tillari hamda tarjimonlik yo'nalishlari va mutaxassisligi bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildilar. Rossiya tomoni boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham dasturlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. 

Uchrashuv yakunida tashkiliy va moliyaviy masalalarni qisqa muddatlarda hal qilish maqsadida har ikkala tomon vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube