AQSHda tashkil etilgan Xalqaro Ta’lim Administratorlari Assosiatsiyasi (Association of International Education Administrators) konferensiyasi doirasida universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich University of Kansas hamda University of Tulsa vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar jarayonida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, turli qo‘shma loyihalarda ishtirok etish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish, malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rasmiylashtirish va yaqin muddatda universitetlar o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.