O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonning 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariga Toshkent shahar Uchtepa tumani Hamdo‘st va Katta Qa’ni mahallalaridan yoshlar biriktirilgan.
Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov mazkur yoshlar holidan har oy xabar olib kelmoqda.
Bugun ham universitet rektori universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda mahallarga borib, yoshlar holidan xabar oldi hamda ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdi. Mahallada yoshlarning ota-onalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.