REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili 1-fakulteti talabalari ishtirokida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalarga universitetning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlar uchun amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalarni universitet hayotida faol ishtirok etish va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, Ingliz tili 1-fakulteti dekani Azzamov Yusufjon Radjaboyevich so‘zga chiqib, fakultetning faoliyati, ta’lim jarayoni, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda fakultetda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, talabalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi ekanidan mamnunligini bildirib, aynan ushbu universitetni tanlashiga sabab bo‘lgan omillar, ta’lim jarayoni va universitetdagi imkoniyatlar haqidagi fikrlarini bildirdilar. Ular o‘z takliflarini bildirib, universitetdan kutayotgan imkoniyatlari va istaklarini ham bayon etdilar.

Uchrashuv samimiy muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube