REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili 2-fakulteti talabalari bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Muloqot davomida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalarga oliygohda olib borilayotgan ishlar, ta’lim jarayonini rivojlantirish yo‘nalishlari, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. Talabalarni universitetning ijtimoiy-ma’naviy hayotida faol bo‘lish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga undadi.

Shuningdek, Ingliz tili 2-fakulteti dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich so‘zga chiqib, fakultetning ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda fakultetda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, ta’lim jarayoni, universitet hayoti hamda yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashladilar. Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv talabalar uchun o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita fikr almashish imkonini berdi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube