Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi

Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari hamrohligida hududda yangidan barpo etilayotgan talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida yangi TTJ binosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, obyektning joriy holati va bajarilayotgan ishlarning borishi atroflicha o‘rganildi.

Mas’ullar bilan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ishlarni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Rektor qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda bajarilayotgan ishlarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, yangi talabalar turar joyini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, unda talabalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Universitet rahbariyati tomonidan yangi TTJ qurilishining borishi muntazam nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube