Respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok
2026-yil 24-yanvar kuni Ingliz filologiyasi fakulteti professori Axmedova Layloxon Tolibjonovna Xiva shahrida Ma’mun universiteti tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekistonda rus tili va adabiyoti: an’analar, innovatsiyalar va madaniy muloqot» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanda qatnashdi.
Anjuman rus tili va adabiyotini o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar hamda madaniy muloqotni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi. Yalpi majlisda professor «Xorijiy tillarni o‘qitishda talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish metod va usullari» mavzusida ma’ruza taqdim etdi.
Ushbu ishtirok ilmiy faollikni kuchaytirish va ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.