RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

RUS FILOLOGIYASI FAKULTETIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida talaba-yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Rus filologiyasi fakulteti dekani Raxmonov Azizxon Bositovich, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etdi.

 



Ochiq muloqot davomida talabalar ta’lim jarayoni, fakultetda yaratilgan sharoitlar, ilmiy va ijodiy faoliyat, talabalik hayoti hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan o‘z savol va takliflarini bildirdilar. Rektor talabalar tomonidan berilgan savollarni tinglab, ularga tegishli javoblarni berdi.

Shuningdek, Rus filologiyasi fakulteti dekani Raxmonov Azizxon Bositovich fakultetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda talabalarning ta’lim va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.


 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube