21-may kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakultetida “Save the Planet” — “Sayyoramizni asraylik” nomi ostida tadbir o’tkazildi. 

Tadbir barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish, shaharlar va aholi yashash punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash maqsadli ko'rsatkichlari doirasida Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o`qituvchilari va talabalar hamkorligida tashkillashtirildi. 

Tadbirni O'zDJTU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sa’diyev Valijon Alijonovich ochib berdi. 

Bir-biridan qiziqarli shartlar, kuy-qo’shiqlar dastur ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Yakunda g’oliblar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

2024-05-23 01-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi