Germaniyaning DAAD tashkiloti stipendiyasi gʻolibi boʻlgan OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talabalari joriy yilning 6 may kuni Maynsdagi Johannes Gutenberg Universitetiga tashrif buyurdilar. 

OʻzDJTU vakillarini universitet professori, nemis tili ikkinchi til sifatida oʼqitish magistratura yoʻnalishi boshligʻi Marion Grein boshchiligida bir necha professor-ustozlar kutib oldilar. Kun avvalida oʻzaro tanishish va belgilangan seminarlar dasturini tanishtirish maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Marion Greyn boshchiligida universitet xalqaro boʻlimiga tashrif buyurildi. Xalqaro boʻlim boshligʻi Markus Hefner universitet va talabalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. 

OʻzDJTU talabalari professor Kristina Maria Erschning “Madaniyatlararo muloqot” fanidan oʻtkazilgan seminarga talabalar faol ishtirok etdilar. Ushbu seminardan talabalar koʻpgina kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube