10-dekabr kunidan Andijon davlat universitetida viloyatdagi tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlari boshlandi.

Andijon viloyati va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarining maqsadi hududda mahalliy davlat boshqaruvi va aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar avvalida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab, kirish nutqi bilan seminarni ochib berdi. 

Seminarga oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mazkur seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayonlarini tashkil etishda mas’ul  vakil sifatida ishtirok etdi. 

Ilxomjon Tuxtasinov Prezidentimizning 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlarida ijro organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, ushbu o‘quv-seminarda yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, aholi muammolarini hal etishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube