Joriy yilning 9-yanvar kuni Ingliz tili 2-fakultetida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Begmatova Sohiba Mustafoyevna tomonidan olib borildi.
Seminar mavzusi:
“Fakultet iqtidorli talabalarining ilmiy-innovatsion faoliyati, ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda istiqboldagi reja va tashabbuslarini amalga oshirishda amaliy yordam”
Tadbir fakultetda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish hamda istiqboldagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Seminar davomida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlari holati atroflicha tahlil qilindi, mavjud muammolar muhokama etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, talabalarning ilmiy g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, startap va innovatsion loyihalarni shakllantirish hamda tijoratlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, talabalar ilmiy jamiyatlari va to‘garaklari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida talabalarning ilmiy va kasbiy rejalari, ularni amalga oshirishda mentorlik va amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Mazkur ilmiy seminar iqtidorli talabalar faolligini oshirish, ularning ilmiy-innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi professional rivojiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.