O‘zDJTU va Amerika Texnologiyalar Universiteti hamkorligida seminar o‘tkazildi 2026-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Amerika Texnologiyalar Universiteti bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbir dasturiga ko‘ra, O‘zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov so‘zga chiqib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish va talabalarni global akademik muhitga tayyorlash masalalariga to‘xtaldi.

Shuningdek, AUT rektori prof. S. Irandoust nutq so‘zlab, universitet faoliyati va ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. F. Muradkhan tomonidan Amerika Texnologiyalar Universitetining ta’lim dasturlari hamda xalqaro aloqalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Tadbirda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov hamda universitet rahbariyati vakillari ishtirok etdilar. Seminar davomida talabalar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etilib, xususan TESOL dasturini o‘qitish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Seminar yakunida tomonlar hamkorlikni izchil davom ettirish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi rejalarni muhokama qildilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube