Bugun Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi vakolatxonasi tashabbusiga binoan Oʻzbekiston Republikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Respublika oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, xususan Oʻzbekiston davlart jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Toʻxtasinov ishtirokida “Oliy ta’lim muassalarida boshqaruv” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

 Tadbir chogʻida soʻzga chiqqan Britaniya Kengashi direktori Denise Wadding mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o’rinbosari Komiljon Karimov Britaniya Kengashining mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini takomillashtirishda koʻrsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Oʻz taqdimotini namoyish etgan Buyuk Britaniyalik expert John Rashforth oliy ta’lim muassalarini boshqarish borasidagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Mazkur loyiha natijasida xorijlik ekspertlar va respublikamiz OTM rektorlaridan iborat ishchi guruh tomonidan O’zbekiston oliy ta’lim muassalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

2023-09-19 03-49

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi