Joriy yilning 24 aprel sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda Ingliz tili-3 fakulteti ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.N.Isamuxamedova, D.M. Kambarova, C.A.Agzamxodjayeva, A.D.Kulmamatova hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening “Shaxs psixologiyasi: talabaning individual xususiyatlari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarning shaxsiy rivojlanishi, individual psixologik xususiyatlari, ta’lim jarayonida ushbu xususiyatlarni hisobga olish muhimligi haqida fikr almashildi.
Shuningdek, trening davomida talabalarga o‘z shaxsiy salohiyatlarini aniqlash, o‘zini anglash va motivatsiyani oshirishga qaratilgan amaliyotlar va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu tadbir talabalarning o‘zini anglash jarayonini kuchaytirish, ta’limga bo‘lgan yondashuvlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.