2023-yil 2-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Davlatmammed Ozadiy nomidagi Turkman Milliy jahon tillari instituti hamkorligida onlayn tarzda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab, she’riyat kechasi o‘tkazildi. 

“Hikmat xazinasi – Maxtumquli Firog‘iy” mavzusida tashkil etilgan tadbirda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Nasirov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.


Talabalar Maxtumqulining “Namasan”, “Ko‘ring”,  “Notable to the world”, “Il biläni”, “Neyläyin” “Don’t leave this”, “Äleme belgilidir” she’rlarini turli tillarda ifodali o‘qib berishdi, Maxtumquli she’ri asosida yozilgan “U nimadir” qo’shig’i iqtidorli talabalar tomonidan kuylandi. 


Tadbir so‘ngida prorektor A.Nosirov va Turkman Milliy jahon tillari instituti dekani Maral Nurliyeva she’riyat kechasining muvaffaqiyatli otkazilganligi uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi.


Bu kabi tadbirlarning xalqlar do‘stligiga xizmat qilishi, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy hamda ijodiy hamkorligini mustahkamlashi va kelajakda hamkorlikdagi tadbirlar miqyosini yanada kengaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube