Siyosiy-ma’rifat soatining 6-soni O‘zDJTUda bo‘lib o‘tdi

2026-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi — 6-soni o‘tkazildi. Tadbir belgilangan dastur asosida tashkil etilib, talabalarga siyosiy-ijtimoiy hayotdagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Ma’rifat soatida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va ularning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berdilar.

Navbatdagi son doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• mamlakatimiz va xorijdagi so‘nggi siyosiy-ijtimoiy yangiliklar;
• ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi dolzarb xabarlar;
• qonunchilikdagi o‘zgarishlar va ularning amaliy ahamiyati;
• “qonun doirasida” rukni ostida huquqiy tushuntirishlar;
• ekspert fikrlari va tahliliy mulohazalar;
• rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikmalari;
• psixologik tavsiyalar;
• ijtimoiy roliklar va videomateriallar namoyishi.

Tadbir davomida talabalar siyosiy ongni mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini his etish hamda mamlakat taraqqiyotidagi o‘z o‘rnini anglash borasida zarur bilimlarga ega bo‘ldilar.

Siyosiy-ma’rifat soatlari universitetda tizimli ravishda davom etmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube