Millat shamchirog’i bo’lgan hurmatli kutubxonachilar!
Sizlarni 21-may — Respublikamizda Kutubxonachilar kuni bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati nomidan chin yurakdan muborakbod etaman!
Yosh avlodning yorqin kelajagiga mustahkam poydevor qo’yishga hissa qo’shayotgan barcha zahmatkash va ziyokor kutubxonachilarga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va faqat muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilayman.
Jamiyat salohiyatini yuksaltirish, savodxonligini oshirish va ma’naviyat sari chorlashdek sharafli ishingizda doim zafarlar hamrohlik qilsin. Yuzingiz yorug’, martabangiz hamisha ulug’ bo’lsin!
Yana bir bor kasb bayramingiz bilan tabriklayman, aziz kutubxonachilar!
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich